Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar yig‘ilishida AKT vazirligi delegatsiyasi ishtirok etdi
    27.05.2022

    Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning AKT vazirlari yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi ham qatnashdi.

    Unda AKT vaziri o‘rinbosari J. Egamberdiyev O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli ishlar, shu jumladan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida raqamli infratuzilma, IT-industriya, elektron hukumat, IT-ta’limni rivojlantirishda erishilgan natijalar va kelgusi rejalar hamda ushbu yo‘nalishlarda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish yuzasidan nutq so‘zladi.

    Yig‘ilish davomida Tashkilot doirasidagi Elektron hukumat hamda Raqamli infratuzilma va “aqlli shahar” ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

    Jumladan, kun tartibida Turkiy davlatlar tashkiloti a’zo davlatlari o‘rtasida AKT sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, Tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida Mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish umumiy tizimini yaratish, Tashkilotning Raqamli innovasiya katalogini yaratish loyihasini amalga oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

    Manba: Axborot xizmati