Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida “Korea BPO CENTER” markazi ish boshladi
    27.05.2022

    Bugun, 27-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Korea BPO CENTER” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Xi Sang, Koreya Respublikasining Elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti (ETRI) vitse-prezidenti Pak Jong Xyon, shuningdek, Koreyaning bir nechta yetakchi IT kompaniyalari vakillari ham ishtirok etdi.

    “Korea BPO CENTER” markazining ochilishi, O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil dekabr oyida Koreya Respublikasiga qilgan tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik, IT ta’limni rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarning natijasidir.

    Ushbu “Korea BPO CENTER” markaziga 5 ta kompaniya jalb etilgan bo‘lib, dastlab markazda 15-20 ga yaqin talaba ish bilan ta’minlanadi. Mazkur kompaniyalar markazning faoliyatini kengaytirib boradi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov bugungi kunda Koreya Respublikasi bilan keng qamrovli ikki tomonlama hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligini, boshqa sohalar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida ham ishlar jadal su’ratlarda olib borilayotgani, mazkur “Korea BPO CENTER” markazining ochilishi ham ana shunday hamkorlikning samarasi ekanligini alohida ta’kidladi.

    Koreya kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan mazkur markazda saralab olingan yoshlar faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, kelgusida O‘zbekistonda turib xizmatlarni autsorsing qilish hamda yoshlarni yuqori maoshli ishchi o‘rinlari bilan ta’minlash maqsad qilingan. Bu esa eksportdagi ulush oshishi, shuningdek, masofaviy xizmatlar tarmog‘ini kengayishiga zamin yaratiladi.

    Manba: Axborot xizmati