Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Inson qadri” onlayn platformasi va “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘plami taqdimoti o‘tkazildi
    24.05.2022

    Bugun, 24-may kuni Toshkent shahrida joylashgan “Hilton” mehmonxonasida “Inson qadri” onlayn platformasi hamda “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu anjumanda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ijrosiga mas’ul bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar, NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlarining boshqa vakillari va ekspertlari hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

    Taqdimot marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermator ham ishtirok etib, unda “Taraqqiyot strategiyasi ijrosi monitoringini amalga oshirishda raqamlashtirish jarayonini tashkil etish” mavzusida nutq so‘zladi.

    Ishga tushirilgan davlatdasturi.uz onlayn platformasi orqali endilikda aholi davlat dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi bilan batafsil tanishishlari, shuningdek, tegishli yo‘nalish va unda amalga oshirilishi belgilangan ishlar ijrosi yuzasidan o‘z fikr, taklif va e’tirozlarini bildirishlari ham mumkin bo‘ladi.

    Manba: Axborot xizmati