Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand davlat tibbiyot universitetida inkubatsiya markazi ochildi
    23.05.2022

    Аxborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, “Raqamli Oʼzbekiston – 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining “Аxborot texnologiyalari sohasida taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT – industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Mazkur qarorga asosan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi” tashkil etildi. Endi bu markazda talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida axborot texnologiyalari sohasini o‘zlashtiribgina qolmay, istiqbolli startap loyihalarni tayyorlab, yo‘lga qo‘yadilar.

    Markaz ochilishida Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti rektori, IT Park direktori o‘rinbosari hamda oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

    Manba: Axborot xizmati