Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amity universitetida xotin-qizlar uchun IT kurslar o‘z ishini boshladi
    30.03.2022

    Toshkent shahridagi Amity universitetida xotin-qizlar uchun bepul uch oylik “Intensiv WEB-FULLSTACK” kurslariga start berildi.

    Mazkur kursning asosiy maqsadi — qizlar va ayollarga zamonaviy texnologiyalar haqida bilim berish, ularning kompyuter savodxonligini oshirish, mobil ilovalar va veb-saytlar yaratish ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat.

    Kurs doirasida “Albison.uz” IT akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “IT Girls” nomli seminar bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim muassasaning talaba qizlari ishtirok etishdi.Seminar doirasida xotin-qizlar uchun AKT sohasida yaratilayotgan sharoitlar, jumladan, “Tumaris.Tech: loyihasi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

    O‘quv kursi yakunida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalarga sertifikatlar topshiriladi.