Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “ITWomen.Uz” loyihasi bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda
    09.06.2021

    Joriy yilning 26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda mamlakatimiz aholisining qariyb yarmi – 17 million xotin-qizlardan iboratligi hamda ularning manfaatlarini ta’minlash, jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash davlatimiz ijtimoiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligi aytib o‘tildi.

    Joriy yil fevral oyi Xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “ITWomenUz - 2021” loyihasiga start berildi. Mazkur loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Dasturiy maxsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park), Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti (TATU), Toshkent shahridagi Inha universiteti va Toshkent shahridagi Amiti universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

    Loyiha doirasida hududlardagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida hamda TATU, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Toshkent shahridagi Amiti universitetida joriy yilning fevral-mart oylarida 2000 ga yaqin xotin-qizlar uchun onlayn va oflayn o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.  Ushbu o‘quv kurslarining maqsadi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarga zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha tegishli bilimlarni berish, ularning kompyuter savodxonligini oshirish, ularda mobil ilova va veb-sayt yaratish hamda kompyuter dizaynerlik faoliyati bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish orqali ushbu yo‘nalishlarda kelgusida o‘z ish faoliyatlari davomida axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun zamin yaratish hamda AKT yo‘nalishida ilk qadamlarini tashlashga ko‘maklashishdan iborat.

    Loyihaning birinchi bosqichi 35 yoshgacha bo‘lgan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kirirtilgan  xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, joriy yilning 15-fevraldan 5-martga qadar o‘tkazildi. Ulardan 1228 ta xotin-qizlar kurslarni muvaffaqiyatli yakunlashdi. Shuningdek, yurtimizning barcha hududlarida joriy yilning 17-may kunidan boshlab,  “ITWomen.Uz- 2021” loyihasining ikkinchi bosqichiga start berildi va 1100 nafar xotin-qizlar uchun kompyuter savodxonligi, elektron tijorat va tadbirkorlikka oid qisqa muddatli mashg‘ulotlar va psixologik oflayn  hamda onlayn treninglar tashkil etildi.