Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri “I HOUSE” yuqori texnologiyalar maktabi faoliyati bilan tanishdi
    12.05.2022

    Bugun, 12-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Rishton tumanida jaylashgan “I HOUSE” yuqori texnologiyalar maktabiga tashrif buyurdi.

    AKT vaziri ushbu o‘quv muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘quv dasturlari va kelgusi rejalar haqida fikr almashdi.

    Hozirgi kunda “I HOUSE” yuqori texnologiyalar maktabi tomonidan kompyuter savodxonligi, dasturlash, grafik dizaynerlik, 3D modellash, yo‘nalishlarida o‘quv kurslari tashkil etilgan. “I HOUSE” tomonidan ushbu yo‘nalishda ham faoliyat olib borish uchun amaliy rejalar ishlab chiqilgan.

    Tashrif davomida xalqaro xizmat ko‘rsatish eksportini yo‘lga qo‘yish yuzasidan ham o‘zaro samarali muloqot bo‘lib o‘tdi.

    AKT vaziri Sh. Shermatov kelgusida ham vazirlik tomonidan o‘quv muassasasining faoliyati qo‘llab-quvatlanishini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati