Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • BPO markazlarini tashkil etish orqali yuqori maoshli ish o‘rinlar tashkil etiladi
    11.05.2022

    Bugun, 11-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida bir nechta obyektlarni ko‘zdan kechirmoqda.

    Tashrifdan asosiy maqsad – viloyatda AKT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish va Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashdan iborat.

    Dastlab, AKT vaziri “O‘zbekiston pochtasi” AJ Farg‘ona filiali Qo‘qon pochta aloqasi bog‘lamasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Hozirgi kunda Qo‘qon pochta aloqasi bog‘lamasida jami 40 nafar ishchi xodimlar, shundan, 3 nafari oliy, 17 nafari o‘rta-maxsus, qolganlari o‘rta ma’lumotli xodimlarni tashkil etadi.

    Tashrif davomida AKT vaziri Sh. Shermatov pochta mijoz va xodimlari uchun qulay shart-sharoit yaratish zarurligini ta’kidlab, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

    Shuningdek, bo‘sh turgan binolardan foydalanib, ularda BPO markazlarini tashkil etish va bu orqali yoshlarni yuqori maoshli ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati