Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistondagi mahalliy IT-tadbirkorlarga o‘z mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqish masalalari muhokama qilindi
    11.05.2022

    “Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi  doirasida bugun, 10-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov StrategEast kompaniyasi prezidenti Anatoliy Motkin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda ta’kidlanganidek, StrategEast bugungi kunda Yevrosiyo mamlakatlariga global texnologiya yetakchilari va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik asosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam berib, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya vakili O‘zbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirish takliflarini bildirdi.

    Uchrashuv davomida O‘zbekistondagi mahalliy IT-tadbirkorlarga o‘z mahsulotlarini jahon bozorlariga, jumladan, Silikon vodiysiga olib chiqish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

    Shu bilan birga, tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi. 

    Manba: Axborot xizmati