Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • SpaceX kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
    10.05.2022

    “Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi  doirasida bugun, 10-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov SpaceX kompaniyasi vakili Ben Mac Williams bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda ta’kidlanganidek, SpaceX  bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya vakili O‘zbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

    Shu bilan birga, AKT vazirligi tomonidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniya vakiliga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish bo‘yicha takliflar berildi.

    Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha fiklar almashildi.

    Manba: Axborot xizmati