Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri “Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi
    10.05.2022

    Ayni kunlarda Toshkentda “Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda bir nechta xorijiy davlatlar vakillari ham ishtirok etmoqda.

    Bugun, 10-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ushbu konferensiyaning ochilish marosimida qatnashib, nutq so‘zladi.

    AKT vaziri dastlab so‘nggi yillarda O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ushbu yo‘nalishda ustuvor vazifalar belgilab berilganini ta’kidlab o‘tdi.

    “Davlatimiz rahbari tomonidan axborot kommunikatsiya va texnologiyalari sohasini rivojlantirish bo‘yicha juda katta vazifalar oldimizga qo‘yildi va juda katta ishlar boshlandi. Oxirgi o‘tgan oylar ichida ham O‘zbekiston o‘ziga yarasha dunyoning ko‘pgina axborot texnologiyalari mutaxassisi va kompaniyalarini jalb etadigan markazga aylanib bormoqda.

    Prezidentimiz O‘zbekistonni mintaqaviy axborot texnologiyalari xabiga aylantirish bo‘yicha katta vazifalarni belgilab berdi va ushbu vazifani amalga oshirishdagi eng katta qadamlardan bittasi ham mana shu konferensiya bo‘lsa kerak. Chunki ushbu konferensiyada dunyoning juda ko‘plab ekspertlari va mutaxassislari ishtirok etmoqda. Raqamlashtirish bilan kosmik tadqiqotlarni birgalikda olib boramiz”, – dedi AKT vaziri konferensiya doirasida so‘zlagan nutqida.

    Vazirning qo‘shimcha qilishicha, yo‘ldosh aloqasi hududlarda aholini zamonaviy telekommunikasiya xizmatlari bilan ta’minlash imkonini beradi.

    “Olis, tog‘li, cho‘l, dasht hududlardagi aholining sifatli va ishonchli telekommunikasiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini maqbul narxlarda qondirish pirovard maqsad qilganmiz. Shu bilan birga, kosmik texnologiyalar ma’lumotlar integrasiyasi orqali biz imkon boricha mamlakatimizning barcha sohalarini iqtisodiy tarmoqlarini raqamlashtirishda oldimizga qo‘yilgan vazifalarga tezroq yetishishga imkonimiz bo‘ladi.

     Inson omilini kamaytirish, haqiqiy holatni kosmik texnologiyalar orqali tez va oson o‘rganish mamlakatni raqamlashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni to‘laqonli amalga oshirishga imkoniyat ochib beradi”, – deya ta’kidlab o‘tdi AKT vaziri Sh. Shermatov.

    Xaqarao konferenrensiya doirasida bir qator xalqaro kompaniyalar vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda to‘liqroq ma’lumotlar taqdim etiladi.

    Manba: Axborot xizmati