Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri TATU Farg‘ona filiali o'quv jarayonlari, talabalarning dasturiy ishlari bilan tanishdi va Vazir stipendiyasini qo‘lga kiritgan talabalarga sertifikatlarni topshirdi
    07.05.2022

    Bugun, 7-may kuni Axborot texnoligiyalari va kommikatsiyalarini rivojlantirish vazir Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi.

    Dastlab AKT vaziri Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilot va korxona vakillari, shuningdek, universitetda faoliyat olib borayotgan xodimlarni bugungi 7-may – Aloqachilar kuni bilan tabrikladi. Ularga ushbu mashaqqatli kasbda doim omad yor bo‘lishini tiladi.

    Shundan so‘ng AKT vaziri Sh. Shermatov bor e’tiborini TATU Farg‘ona filiali faoliyati bilan yaqindan tanishga qaratdi. Shu bilan birga, talabalar yotoqxonasida bo‘lib, u yerda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatalarni ko‘zdan kechirdi.

    Shuningdek, tashrif davomida talaba yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda talabalarning dasturiy mahsulotlari ham namoyish etildi.

    O‘zining bilimga chanqoqligi va xulqi bilan namuna ko‘rsatgan 2 nafar TATU Farg‘ona filiali talabasi hamda bir nafar TATU Farg‘ona filiali qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi AKT vazirligi stipendiyasi tanlovining 2021/2021-o‘quv yili g‘olibi bo‘lgani uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

    Muloqot davomida talabalar tomonidan yaratilgan yangi g‘oyalar, innovatsion texnologiyalar bilan tanishildi. Talaba yoshlarni qiynayotgan muammolar tinglandi. Ular tomonidan ulgari surilgan takliflar yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.