Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida “Tasnim Texnologiya” xususiy o‘quv IT-markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
“Tasnim Texnologiya” o‘quv markazi mahalliy yoshlarni qator dolzarb IT yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitmoqda. IT markaz o‘quvchilari kompyuter savodxonligi, veb dasturlash, grafik dizayn, 3D Max bo‘yicha tahsil olib kelishmoqda.
Hozirda ushbu IT akademiya o‘z oldiga qator nufuzli xalqaro outsoursing birjalarida faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.
AKT Sh. Shermatov o‘quv markazning faoliyati bilan yaqindan tanishib, AKT sohasi uchun yetuk malakali kadrlarni tayyorlashda xususiy IT markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta'kidlandi. Shuningdek, IT-tadbirkorlarga berilgan imtiyozlardan samarali foydalanish orqali BPO yo‘nalishida o‘z faoliyatini kengaytirish bo‘yicha takliflar berildi.
Manba: Axborot xizmati