Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Pochta mijoz va xodimlariga qulaylik yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish zarurligi ta’kidlandi
    21.04.2022

    Bugun, 21-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari doirasida Kasbi, Mirishkor va Nishon tumanlarida joylashgan pochta aloqasi obyektlarini ko‘zdan kechirdi.

    Hozirgi kunda ushbu pochta aloqa bo‘limlarida jismoniy va yuridik shaxslarga xat-xabarlar, davriy nashrlarni yetkazish, pul o‘tkazmalari, tovarlar sotuvi, moliyaviy xizmatlar va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanilgan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

    Obyektlar bilan tanishish jarayonida AKT vaziri Sh. Shermatov pochta mijoz va xodimlari uchun qulay shart-sharoit yaratish zarurligini ta’kidlab, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini ochirish masalasida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

     

    Manba: Axborot xizmati