Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi
    20.04.2022

    Bugun, 20-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

    Uchrashuvda bir qator istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, IT-tadbirkorlik va startap ekotizimlarini rivojlantirish doirasida hamkorlik qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

    O‘z navbatida, Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlar, xususan, xorijiy kompaniyalar, IT-mutaxassis investorlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yuqori baholadilar. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini qayd etib, axborot texnologiyalari sohasida sheriklikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati