Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi
    20.04.2022

    Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlashni to‘g‘ri tashkil etish, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur seminarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlatirish vazirligining mas’ul xodimlari ham ishtirok etdi. Unda “O‘zbektelekom” AK Toshkent filialida shahar-tumanlarga kelib tushgan murojaatlar tahlili keng muhokama qilindi.

    Seminarda murojaatlarning kelib chiqishi, murojaatchilar bilan ishlashda xato-kamchiliklar va uni qanday bartaraf etish bo‘yicha batafsil suhbatlashildi.

    Shuningdek, muammolarni bartaraf etish va ularning oldini olish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi. Jumladan, har bir shahar-tumanlarda mahallabay yurib, yarmarka va ommaviy savdo uyushtirishga kelishib olindi. Buning natijasida fuqarolarga tegishli tushuntirish ishlari hamda telekommunikasiya xizmatlariga ulanish uchun mezon yaratiladi.

    Manba: Axborot xizmati