Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Yandeks Taksi” kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    19.04.2022

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yil 14-aprel kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari AKT sohasini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

    Ushbu topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, 19-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Yandeks Taksi”ning MDH davlatlari bo‘yicha boshqaruv direktori Kiril Svinsov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Unda bir nechta muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, AKT vaziri tomonidan “Yandeks Taksi”ni IT Park rezidentiga aylantirish bo‘yicha takliflar berildi.

    Shuningdek, “Yandeks Taksi” bugungi kunda O‘zbekiston bozoriga shiddat bilan kirib kelayotgani, aholi vakillari uchun qulayliklar taqdim etayotgani ta’kidlandi.

    Shu bilan birga, kompaniya O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirib, uni viloyatlar markazlarida ham keng joriy etayotgani quvonarli ekani aytib o‘tildi.

    Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati