Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Prezident huzurida Axborot texnologiyalari vazirligining faoliyati va 2022-yildagi rejalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi
    14.04.2022

    So‘nggi yillarda IT sohasi butkul yangidan tashkil etilgani ta’kidlandi.

    Masalan, 2017-yilda sohaning eksporti hajmi bor-yo‘g‘i 600 ming dollar bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 46 million dollarga yetdi. 

    Joriy yilning birinchi choragida:

    –  IT xizmatlari eksporti 16 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobar oshdi;

    –  joylarda qo‘shimcha 2 ming 800 ta mobil aloqa stansiyalari o‘rnatildi (3 barobar ko‘p);

    – IT-park tomonidan 1,5 ming yoshlar ish bilan ta’minlanib, umumiy soni 11,5 ming nafarga yetdi. 

    Joriy yildan barcha yangi qurilgan ko‘p qavatli uylar optik internet bilan foydalanishga topshirilmoqda.

    “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘qib chiqqan yoshlar soha kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati