Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namangan viloyatida AKT vazirligining sayyor qabuli tashkil etildi
    09.04.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati tomonidan joriy yilning 9-aprel kuni Namangan viloyatining Namangan shahrida aholi vakillari uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 200 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. 

    Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari, xususan telefon va pochta aloqasi, mobil aloqa, internet xizmatlari sifati, IT yo‘nalishlarda o‘zlarini qiynayotgan aniq muammo va masalalar ko‘tarildi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha takliflarini bildirdilar. 

    Soha tashkilot korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan telefon, internet, pochta aloqasi, mobil aloqa, internet xizmatlari sifati hamda IT yo’nalishi bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi hamda joyida hal qilindi. O‘rganish talab qilingan muqojaatlar nazoratga olindi.

    Sayyor qabulda ishtirok etgan aholi vakillari bu kabi xalq qabullarini muntazam o‘tkazish ikki tomonlama aloqa mustahkamligi, soha rivojiga xizmat qilishini ta’kidladilar.

    Mazkur sayyor qabulda ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan soha tizimidagi mas’ul shaxslarga ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati