Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Umumta’lim maktablarini yetuk malakali kadrlar bilan ta’minlash va elektron ta’lim resurslarini joriy etish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
    08.04.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining so‘nggi bosqich talabalarini ish bilan ta’minlash maqsadida “Umumta’lim maktablarini yetuk malakali kadrlar bilan ta’minlash va elektron ta’lim resurslarini joriy etish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

    Ushbu davra suhbatida Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK, Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi, “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali vakillari ishtirokida bitiruvchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi hamda elektron ta’lim resurslari bilan tanishtirib o‘tildi.

    Ma’lumot uchun: Mazkur o‘quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filialini 281 nafar talaba-yoshlar tamomlamoqda. Ular bilan o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida ularning 50 foizi kelajakdagi o‘z faoliyatini umumta’lim maktablarida davom ettirish niyatida ekanligini bildirishdi. Filial bitiruvchilarini 120 nafari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun hamda ulardan 25 nafariga mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘lanmalar berildi.

    Manba: Axborot xizmati