Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park Sirdaryo viloyati filialida “Open day” bo‘lib o‘tdi
    08.04.2022

    Yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirib, ushbu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash va kelajakda IT eksportlar xizmatlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Sirdaryo viloyatida ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

    Xususan, IT Park va Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat yoshlari uchun “Foundation” dasturiga start berildi.

    Shuningdek, ushbu dasturda viloyat yoshlari informatikaga kirish va dasturlash bo‘yicha mutaxassislik fanlari, chuqurlashtirilgan ingliz tili kurslari va tashkiliy jarayon bilan yaqindan tanishdilar.

    Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli bitirgan yoshlar IT Parkda onlayn o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

    Manba: Axborot xizmati