Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Elektron davlat xizmatlari bo‘yicha o‘qitish davom etmoqda
    08.04.2022

    “Inson qadri” tamoyiliga asoslangan “Siz tomon yoʼl oldik” loyihasi doirasida Toshkent viloyati bo‘ylab amaliy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

    Shuni qayd etish joizki, Prezidentning joriy yil 7-aprel kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida 1-iyuldan boshlab 38 turdagi davlat xizmatlari uchun elektron imzo bilan tasdiqlash talabi bekor qilinib, mobil telefon orqali amalga oshirilishi, 6 turdagi litsenziya olish uchun talablar bekor qilinishi belgilandi. Aholi va tadbirkorlar uchun 8 dan ortiq davlat xizmati bo‘yicha elektron xabardor qilish tizimi joriy etilishi aytib o‘tildi.

    Kelgusi yil yakuniga qadar markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni hozirgi 172 tadan 300 taga, mobil ilova orqali 60 tadan 250 taga yetkazilishi belgilab berildi.

    Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani hokimligi binosida 100 ga yaqin, kunning ikkinchi yarmida esa Oqqo‘rg‘on tumanidagi Monomarkazda 200 ga yaqin aholi uchun elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlar tashkil etildi.

    Yig‘ilganlar ortiqcha ovoragarchilikka barham beruvchi va shaffoflik tamoyillariga asoslangan elektron davlat xizmatlariga katta qiziqish bildirgani uchun Yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish (OneID), elektron raqamli imzo olish, ularni my.gov.uz xizmatlaridan foydalanishda qo‘llash kabi jarayonlar real vaqt rejimida ko‘rsatib berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati