Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Raqamli Toshkent” dasturi doirasida seminar treninglar tashkil etildi
    06.04.2022

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-martdagi PQ-4642-son qaroriga muvofiq ijtimoiy soha obyektlari, ishlab chiqarish, yo‘l transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan raqamli muhitini yaratish, aholiga ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlarni raqamlashtirish maqsadida “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi tasdiqlangan.

    Jumladan, mamlakatimizda ilk bora Toshkent shahri misolida hududning geografik axborot-tahlil tizimi yaratildi va unga vazirlik va idoralarning 30 dan ortiq axborot tizimlari va resurslari integratsiya qilindi.

    Mazkur geoportal orqali shahardagi ijtimoiy obyektlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va yo‘llar qurilishi, transport oqimi, aholi zichligi va demografiyasi, yong‘inlar, yo‘l-transport hodisalari kabi 100 dan ortiq turdagi ma’lumotlarni olish va ularni tahlil qilish imkoniyati yaratildi.

    Mazkur vazifalar doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar ishtirokida Toshkent shahrida ishga tushirilgan eng samarali loyihalar, jumladan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport, kommunal, ko‘chmas mulk va kadastr, qishloq xo‘jaligi va boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha joriy yilning 5-7 aprel kunlari seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

    Seminarni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ochib berdi.

    Mazkur seminarlarda AKT vazirligining hududiy boshqarmalari vakillari ishtirok etmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati