Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Endilikda arxiv ma’lumotlarini onlayn tarzda olish mumkin
    05.04.2022

    Yagona portalda (my.gov.uz) va uning mobil ilovasida “Mavzuli so‘rovlarni ijro etish” nomli xizmat joriy etildi.

    Yagona portalda ushbu xizmat orqali yer va uy-joy ajratish, xususiylashtirish, aholi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha hokimlik qarorlari, turarjoy, meros, vorislik hamda  1941-1945 yillarda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan shaxslar haqida ma’lumotlar olish va boshqalar qamrab olingan.

    Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash, turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash, mulk huquqini aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish, evakuatsiyani aniqlash kabi xizmatlarning narxlari belgilangan bo’lib, ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanilganda 10 foiz chegirmaga ega bo‘lasiz.

    Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi.

    Mazkur xizmatdan quydagi havola orqali foydalanish mumkin: https://my.gov.uz/uz/service/517

    Manba: Axborot xizmati