Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • BPO kompaniyalari vakillari va IT Park rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi
    04.04.2022

    Joriy yilning 7-aprel kuni IT Park Uzbekistan rahbariyati hamda BPO kompaniyalari o‘rtasida autsorsing tashkilotlar uchun shart-sharoit yaratish va ularning faoliyatini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

    Yig‘ilishda kompaniyalar duch kelayotgan muammolar, ularni hal qilish yo‘llari, shuningdek, IT Park tomonidan taqdim etilayotgan yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi.

    Eslatib oʻtamiz, IT Park BPO kompaniyalarni hamkorlikka chorlagan holda quyidagilarni taklif qiladi:

    – ijarasiz jihozlangan ofis (birinchi 6 oy uchun);

    – barcha turdagi soliqlar va bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod qilish;

    – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini pasaytirish - 7,5%;

    – xorijiy kompaniyalar uchun dividendlar bo‘yicha soliqni 5% gacha kamaytirish;

    – xizmat eksporti tushumlaridan chet ellik ta’sischilar va chet ellik xodimlarga xorijiy valyutada dividendlar va ish haqi to‘lash;

    – Jamoa uchun malakali kadrlarni izlashda ko‘maklashish.

    Uchrashuv uchun ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/S96n2iTedajDBFQn9

     

    Manba: Axborot xizmati