Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryoda Mobiuz’ning 27 ta yangi tayanch stansiyalari foydalanishga topshirildi
    28.03.2022

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Shahrisabz shaharlaridagi Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazlarining texnik jamoalari tomonidan 27 ta yangi tayanch stansiyalari tijoriy foydalanishga topshirildi. Buning natijasida 4G LTE qamrovi kengaytirilib, quyida keltirilgan va ularga yaqin aholi punktlarida tarmoq signalining barqarorligiga erishildi.

    Tayanch stansiyalarining joylashuvlari:

    – Qarshi shahri, Beshkent avtomobil yo‘lining 6-kilometri;

    – Dehqonobod tumani, “Istiqlol” MFY;

    – Koson tumani: “Arabxona” MFY, Pistali va Raimso‘fi qishloqlari;

    – Kasbi tumani, Xoʻjakarluk qishlogʻi;

    – Kitob tumani, Obikanda qishlog‘i;

    – Mirishkor tumani: Guliston, Jenau, Pomuk va Yangi Mirishkor qishloqlari;

    – Muborak tumani: Gulshan, Xitoy va Shex qishloqlari, shuningdek, Muborak sanoat zonasi hududi;

    – Nishon tumani, “Nishon” MFY;

    – Qarshi tumani: Gubdin, Qoratepa, Kovchin, Nukrabot va Xilol qishloqlari;

    – G‘uzor tumani: “Amir Temur” MFY, Qo‘ratikan, Qo‘shtepa va Sho‘rtan qishloqlari;

    – Chiroqchi tumani: Mullaquvvat va Oqquduq qishloqlari.

    Mobiuz respublikaning boshqa hududlarida yana oʻnlab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi. Ishlar davom ettirilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati