Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi Navro‘zi olam, ulug‘ ayyom bilan butun yurtdoshlarimizni qutlaydi!
    20.03.2022

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi tizimdagi korxona-tashkilotlarda xodimlarini, qolaversa, barcha yurtdoshlarimizni ona diyorimizga kirib kelayotgan, go‘zal va dilbar faslning ulug‘ ayyomi – sharqona yangi yil – Navro‘zi olam bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi!

     Mana shu qutlug‘ kunda Siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz.

    Bugun yurtimizdagi aziz insonlar bir-birlarini qutlab, dala va qirlar, bog‘ va maydonlarda Navro‘z bayramini shod-u xurramlik bilan nishonlamoqda. Doshqozonlarda sumalaklar pishirib, dasturxonlarga bahor ne’matlarini tortib, sayil-tomoshalar qilmoqda. Shu yorug‘ kunlarga yetkazgani uchun shukronalar aytmoqda.

    Fidoyi dehqon va fermerlarimiz katta orzu-umid bilan yangi mavsumni boshlamoqda. Barchamiz ularni chin dildan tabriklab, yilimiz qutlug‘ kelishini hosilimiz mo‘l bo‘lishini tilab qolamiz.

    O‘zaro mehr-oqibat, saxovat va muruvvat ko‘rsatish, tabarruk keksalarimizni yo‘qlash, nogironlar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, hasharlar o‘tkazib, yurtimizni yanada obod qilish kabi savobli ishlarimiz Navro‘zning fayziga yanada fayz qo‘shmoqda.

    Biz yurtimizda mana shunday qutlug‘ bayramni nishonlash barobarida, butun dunyoda tinchlik va xotirjamlik bo‘lishini, uzoq va yaqin barcha davlatlarning xalqlariga taraqqiyot, farovonlik tilaymiz.

    Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!

    Har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, to‘y-tomoshalar ko‘p bo‘lsin!

    Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

    Navro‘zingiz muborak bo‘lsin, azizi yurtdoshlar!

    Manba: Axborot xizmati