Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida Yagona portalda mavjud afzallik va qulayliklar haqida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda
    18.03.2022

    Aholiga elektron xizmatlarning afzallik va qulayliklari to‘g‘risida ma’lumotlarni yetkazib berish, ular orasida elektron davlat xizmatlarini keng joriy qilish maqsadida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

    Shu bois hozirgi kunda “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tomonidan “Siz tomon yo‘l oldik” loyihasi amalga oshirilmoqda. Unga asosan Respublika bo‘ylab markaz mutaxassislari tomonidan hududlarda seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

    Navbatdagi trening mashg‘ulotlar Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Oqoltin, Mirzaobod tumanlari hamda Yangiyer shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Loyiha mas’ullari tomonidan fuqarolarga Yagona portal (my.gov.uz) xizmatlari, yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot va tushuntirishlar berildi.

    Seminar-trening doirasida fuqarolar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

     

    Manba: Axborot xizmati