Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UNESCO bilan istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi
    17.03.2022

    Bugun, 17-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili v. v. b. Aleksandros Makarigakis o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonda raqamli rivojlantirish bo‘yicha kompleks rejalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikrlar almashildi.

    Shu bilan birga, sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, yoshlarning AKT savodxonligini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

    Muloqot so‘nggida UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili v. v. b. Aleksandros Makarigakis AKT vazirligi bilan qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga hamda O‘zbekistondagi samarali hamkorlikni yanada sezilarli darajada oshirishga tayyorligini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati