Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park rezidenti tomonidan “ASTRUMHACK 2022” xakatoni bo‘lib o‘tdi
    17.03.2022

    Toshkent viloyatida Astrum IT akademiyasi tomonidan AKT va dasturlashga qiziquvchi yoshlar uchun “ASTRUMHACK 2022” xakatoni o‘tkazildi.

    Ushbu xakaton 90 dan ortiq jamoalarni birlashtirdi, ular tanlov shartlariga ko‘ra, turli sohalardagi biznes muammolarini hal qilishga qaratilgan raqamli mahsulotlarni ishlab chiqdilar. Yarim finalga 50 ta loyiha ishtirokchilari yo‘llanma oldi, final bosqichida esa 10 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashdi.

    Xakaton natijalariga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari uchun “Agro Dash” raqamli tizimini ishlab chiqqan “Phoenix” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Ularga “Unitel” MChJ (“Beeline Uzbekistan”) tomonidan taqdim etilgan 20 million so‘m miqdoridagi mukofot va uchta iPad smartfoni topshirildi.

    Ikkinchi o‘rinni “Where to go!” loyihasi bilan “Avokado” jamoasi egalladi va ular 15 million so‘mlik mukofotni qo‘lga kiritishdi.

    Uchinchi o‘rin “Sehriyo” jamoasiga nasib etdi. Ular tomonidan smartfon orqali dori ichish vaqtini eslatib turuvchi “Sehriyo Capsule” loyihasi taqdim etildi. Ularga 10 million so‘mlik sovrin topshirildi.

    Tadbir so‘ngida “VEON” kompaniyalar guruhi mutaxassislari tomonidan xakaton ishtirokchilari uchun mahorat darslari o‘tkazildi.

    Manba: Axborot xizmati