Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Termiz shahridagi IT-maktab o‘quvchilari Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
    16.03.2022

    Termiz shahridagi 16-sonli informatika va axborot texnologiyalari faniga ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinf o‘quvchilari uchun Raqamli texnologiyalar ta’lim markaziga tanishuv sayohati tashkil etildi. Taqdimot davomida IT-markaz mutaxassislari tomonidan markaz faoliyati, joriy kurslar va AKT sohasi haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birgalikda IT-markazdagi mavjud IT-English va IT-Matematika kurslari bilan ham batafsil tanishtirildi.

    Shuningdek, tuman, viloyat va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Bir million dasturchi” loyihasi hamda kibersport yo‘nalishidagi musobaqalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

    Talabalar mobil robototexnika va dasturlashga qiziqishlarini va o‘z kelajagini IT sohasi bilan yanada bog‘lash istagini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati