Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namanganlik yoshlar IT-forumida ishtirok eting va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling
    15.03.2022

    2022-yil 17-mart kuni Namangan viloyati Mingbuloq tumanida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun IT-forum bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir IT Park Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida hamda Yoshlar ishlari agentligi va Mingbuloq tumani hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    Forum davomida quyidagi musobaqalar oʻtkaziladi:

    – Ideaton, startap-gʻoyalar tanlovi;

    – CS:GO va PUBG Mobile boʻyicha kibersport turniri;

    – Kompyuter savodxonligi boʻyicha musobaqa.

    Tanlov g‘oliblari televizor, kompyuter aksessuarlari, IT-kurslardan oʻtish uchun sertifikatlar ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

    IT-forum 17-mart kuni soat 09:00 da boshlanadi.

    Manzil: Namangan viloyati, Mingbuloq tumani, Ozodlik ko‘chasi, 86.

    Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://forms.gle/av9J5QiMBMyc1APH7

    Manba: Axborot xizmati