Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qorao‘zak tumanidagi chekka ovul aholisi optik tola orqali yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanmoqda
    11.03.2022

    “O‘zbektelekom” АK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan Nukus shahri markazidan 98 kilometr, tuman markazidan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan Qorao‘zak tumani “Madaniyat” OFY hududida yashaydigan aholiga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 1 ming 24 abonentga mo‘ljallangan OLT qurilmasi o‘rnatildi.

    “Madaniyat” OFY hududidagi umumta’lim maktab va bolalar bog‘chasiga qadar 11,4 kilometr uzoqlikdagi optik kabellar yotqizildi. Hozirgi kunda Qorao‘zak tuman telekommunikatsiya tarmog‘i xodimlari tomonidan 7,3 kilometr uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyasi hamda 13 kilometr abonent simlari o‘tkazilib, 178 dan ortiq xonadon GPON texnologiyasi asosida Internet tarmog‘iga ulandi.

    Shuningdek, ushbu tumanning markazidan 20 km uzoqlikda joylashgan Qorao‘zak tumani “A. Dosnazarov” OFY hududida yashovchi aholiga ham telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 1 ming 24 abonentga mo‘ljallangan OLT qurilmasi o‘rnatildi.

    Ayni kunlarda tuman telekommunikatsiya tarmog‘i xodimlari tomonidan aholini telekommunikatsiya xizmatlariga ulash ishlari davom ettirilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati