Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda Davlat stipendiyalariga loyiq deb topilgan talaba-yoshlar taqdirlandi
    10.03.2022

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Davlat stipendiyalariga loyiq deb topilgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy fililallari talabalarining jami 44 nafari Davlat va soha stipendiyalariga ega bo‘lishdi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan yilga nisbatan stipendiya sohiblari qariyb 50 foizga oshdi.

    Jumladan, Prezident stipendiyasi 3 nafar, Beruniy stipendiyasi 8 nafar, Islom Karimov nomli stipendiyasi 2 nafar va soha stipendiyalari (Muhammad al-Xorazmiy) 29 nafarni tashkil etmoqda.

    2021/2022-o‘quv yilidan To‘lepbergen Kayipbergenov va Ibroyim Yusupov davlat stipendiyalari ta’sis etildi hamda mazkur stipendiyalarga TATU Nukus filiali 2 nafar talabasi ega bo‘ldi.  

     

    Manba: Axborot xizmati