Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yagona portal orqali сhet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlariga onlayn ariza topshiring va 10 foizlik chegirmaga ega bo‘ling
    09.03.2022

    Joriy yilning mart, aprel, may va iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan test sinovlari uchun ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.

    Bunda talabgorlar Yagona portal (my.gov.uz) orqali ham onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

    Qo‘lga kiritiladigan milliy sertifikat esa o‘qishga topshirish jarayonida abituriyentlarga qo‘shimcha imtiyoz berishi mumkin.

    Ta’kidlash kerakki, Yagona portal orqali xizmatdan foydalanilganda, 10 foiz chegirma mavjud.

    Manba: Axborot xizmati