Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi Markaziy apparatda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni 8-mart bayrami bilan tabrikladi
    07.03.2022

    8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    AKT vazirligi jamoasi Markaziy apparatda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni go‘zallik va nafosat bayram bilan samimiy qutladi.

    Oila va jamiyat ustuni, hayotimiz fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan. Ayol – oila va jamiyatning haqiqiy tayanchi. Oilada mehribon ona, vafoli yor bo‘lish bilan birga, xizmat faoliyatida ham ulkan marralarga erishayotgan, jonkuyar, fidoyi kasbdosh, vatanimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch va g‘ayratini safarbar eta olgan, o‘z bilim va tajribasi bilan yosh avlodga o‘rnak bo‘layotgan samimiy, jonkuyar ustoz hamdir.

    Vazirlik jamoasi nomidan biz yurtimizning barcha ayollarini ajoyib va betakror bahor bayrami bilan samimiy mubarakbod etamiz, ularga xizmat faoliyatida va shaxsiy hayotida ulkan muvaffaqiyatlar, eng muhimi, mustahkam sog‘lik tilaymiz!