Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Sarkor Telekom” kompaniyasi ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi
    04.03.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “Sarkor Telekom” QK MChJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi.

    Uchrashuv doirasida mahalliy internet provayderning faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    Katta istiqbollarga va ahamiyatga loyiq bo‘lgan BPO xizmatlarni ko‘rsatish yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishini rivojlantirish doirasida Rossiyada autsorsing xizmatlarini ko‘rsatayotgan yetakchi kompaniyalaridan biri “Audiotele” AJ bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani kompaniya vakillari tomonidan ta’kidlagandi.

    “Sarkor Telekom” QK MChJ kompaniyasining vakillari kelgusida AKT sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va malakali IT mutaxassislarni tayyorlashga va ish bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan dolzarb va yirik loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati