Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Litva kompaniyalari bilan hamkorlikda uchinchi davlatlarga eksport qilish masalalari muhokama qilindi
    04.03.2022

    O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirligi delegatsiyasining Barselona (Ispaniya Qirolligi)da bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona-2022” Jahon mobil kongressida ishtirok etish uchun tashrifi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov va Litva transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Аgne Vaychyukyavichyute o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv doirasida mahalliy yoshlarni ishga joylashtirish orqali BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda Litva kompaniyasining bevosita ishtiroki masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, tomonlar IT Park negizida startap loyihalar uchun ikki tomonlama akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini ishga tushirish masalasi hamda Litva IT-kompaniyalarining vakolatxonalarini tashkil etish va ularni IT Park rezidentligiga jalb qilish va O‘zbekistonning startap loyihalarini moliyalashtirish uchun Litva Respublikasining venchur fondlarini jalb qilish mavzularida fikrlar almashdi.

    Uchrashuv doirasida 2022-yil 24-26-oktabr kunlari “ICT Week Uzbekistan” doirasida bo‘lib o‘tadigan xalqaro raqamli forumda Litva Respublikasining davlat tashkilotlari va kompaniyalarining ishtirok etish uchun takliflar ham berildi.

    Manba: Axborot xizmati