Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT tadbirkorlik va IT-frilans yo‘nalishi bo‘yicha Jahon Banki bilan hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi
    04.03.2022

    O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirligi delegatsiyasining Ispaniya Qirolligida bo‘lib o‘tadigan “MWC Barcelona-2022” Jahon mobil kongressida ishtirok etish uchun tashrifi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyodagi raqamli rivojlanish bo‘limi direktori vazifasini bajaruvchi va amaliyot rahbari Nikol Klingen o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv doirasida tomonlar “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasiga muvofiq raqamli iqtisodiyot, ma’lumotlarni boshqarish va telekommunikatsiya sektorini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik olib borish masalalarini muhokama qilishdi.

    Shuningdek, Jahon banki tomonidan IT Park faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston olis hududlarida infratuzilmani kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga biri IT ta’lim ham kiradi. Uchrashuv doirasida IT-mutaxassislari va aholi o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. IT sohasida yakkama-yakka trening, shuningdek, ayollarning IT sohasida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash va ish bilan ta’minlash uchun murabbiylik dasturini tashkil etish bo‘yicha takliflar ham berildi.

    IT tadbirkorlik va IT-frilans yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik olib borish masalalariga jiddiy e’tibor qaratildi. Xususan, mahalliy yoshlarni ish bilan ta’minlash, yurtimizda, shu jumladan, O‘zbekistonning olis hududlarida hamda kichik shaharlarda yangi raqamli ish o‘rinlarini yaratish orqali BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda Jahon bankining bevosita ishtiroki ham ko‘rib chiqildi.

    Shuningdek, Jahon bankining 2022-yil 24-26-oktabr kunlari O‘zbekistonda AKT xaftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan “ICT Week Uzbekistan” xalqaro raqamli forumida ishtirok etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Manba: Axborot xizmati