Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirishda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha muzokaralar olib borildi
    03.03.2022

    AKT vazirligi delegatsiyasining Butunjahon mobil kongressida ishtirok etishi doirasida AKT vaziri Sh.Shermatov “Rohde & Schwarz” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida O‘zbekistonda radiomonitoring va raqamli teleeshittirish tizimini kengaytirish dasturining uchinchi bosqichini amalga oshirish hamda yuqori chastotali signallarni monitoring qilish va tahlil tizimini yaratish imkoniyatlariga oid masalalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, qisqa to‘lqinli chastota diapazoni radio monitoringini tashkil etish bo‘yicha ham fikrlar almashildi.

    Shuningdek, “Rohde & Schwarz GmbH” rahbariyati bilan kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan, ixtisoslashtirilgan o‘lchash uskunalari va dasturiy taʼminot kompleklarini yetkazish uchun shartnomani imzolash bo‘yicha muzokaralar ham olib borildi.

    Uchrashuvda mahalliy yoshlarni ishga joylashtirish orqali BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda Rohde&Schwarz kompaniyasining bevosita ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Manba: Axborot xizmati