Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • ZTE kompaniyasi bilan telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va malakali IT kadrlarni tayyorlashda yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi
    03.03.2022

    O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirligi delegatsiyasining Barcelonada (Ispaniya Qirolligi) bo‘lib o‘tadigan “MWC Barcelona-2022” Jahon Mobil Kongressida ishtirok etish uchun tashrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov hamda «ZTE Corporation» katta vitse-prezidenti Сhjunxua Mey o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda simli va mobil keng polosali tarmoqlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. ZTE kompaniyasi “O‘zbektelekom” AK bilan birgalikda O‘zbekistonning g‘arbiy mintaqasida, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida telekommunikasiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

    “O‘zbektelekom” AK bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

    Malakali kadrlarni tayyorlash va soha mutaxassislari malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda ZTE kompaniyasi ishtirokida “O‘zbektelekom” AK filiali va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ilg‘or telekommunikatsiya texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv laboratoriyasini jihozlashi ham ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ZTE kompaniyasi texnik oliy o‘quv muassalarining iqtidorli bitiruvchilarning keyingi ta’lim olishi, kompaniyada amaliyot o‘tash va ularni ish bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi.

    Shuningdek, korporasiyaning O‘zbekiston Respublikasi ayollari va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston hududida ZTE kompaniyasining MDH davlatlaridagi mijozlari uchun xizmat ko‘rsatish (call-center) markazlarnini tashkil etish masalalariga ham ko‘rib chiqildi.

    O‘zbekistonda mahalliy yoshlarni ishga joylashtirish orqali BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish masalalari uchrashuvning markaziy mavzusiga aylandi. Uchrashuvda ta’kidlaganidek, malakali IT-mutaxassislarni tayyorlashda xitoylik hamkorlarning tajribasi katta qo‘l keladi. O‘z navbatida, ZTE kompaniyasi malakali ishchilarni raqobatbardosh shartlar asosida keng jalb etishi mumkin bo‘ladi.

    Shuningdek, ZTE kompaniyasining 2022-yil 24-26-oktabr kunlari O‘zbekistonda AKT xaftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan “ICT Week Uzbekistan” xalqaro raqamli forumda ishtirok etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

    Manba: Axborot xizmati