Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xalqaro elektraloqa ittifoqining Telekommunikatsiyalarni rivojlantirish byurosi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    02.03.2022

    O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirligi delegatsiyasining Ispaniya Qirolligida bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona-2022” Jahon mobil kongressida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Xalqaro elektraloqa ittifoqining Telekommunikatsiyalarni rivojlantirish byurosi direktori Dorin Bogdan Martin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda joriy yilning 6-16-iyun kunlari Butunjahon telekommunikasiyalarni rivojlantirish konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tadigan Yoshlar sammitiga O‘zbekiston yoshlarini jalb qilish, shuningdek, bolalarni onlayn himoya qilishga qaratilgan Giga loyihasi uchun grant mablag‘larini ajratish masalalari muhokama qilindi.

    Shu bilan birga, O‘zbekistonda BPO va KRO markazlarini tashkil etish uchun ekspertlar va XEI mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.

    Joriy yilning 28-aprelida bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro AKT sohasida qizlar kuni”ni o‘tkazish hamda AKT sohasida Xotin-qizlar va yosh avlod malakasini oshirishga qaratilgan IT-markazini ochish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

    Uchrashuv chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha fiklar almashildi. Qator dolzarb IT yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma treninglar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

    Manba: Axborot xizmati