Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida “mGovAward” davlat mobil ilovalarni yaratish bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
    02.03.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park hamda Guliston davlat universiteti hamkorligida oliygoh talabalari uchun “mGovAward” davlat mobil ilovalarni yaratish bo‘yicha respublika tanlovi doirasida targ‘ibot tadbiri (roadshow) bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda 350 nafar yoshlar, xususan, oliygoh talabalari qatnashdi. Ushbu tanlovning maqsadi talabalar va o‘quvchilarni davlat mobil ilovalarini yaratishga qiziqtirish, yangi va kerakli mobil ilovalarni ishlab chiqish va eng yaxshi loyihalarni moliyaviy rag’batlantirishdan iborat.

    Mazkur ko‘rik-tanlovining grant mablag‘i 100 ming AQSH dollarini tashkil etub, g‘oliblarga 1-o‘rin uchun 50 ming dollar, 2-o‘rin uchun 30 ming dollar va 3-o‘rin uchun 20 ming dollar miqdorida pul mukofotlari topshiriladi. Muhim shart: mazkur ko‘rik-tanlovda faqatgina IT-jamoalar ishtirok etishlari va yutishlari mumkin.

    Manba: Axborot xizmati