Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park rezidenti Epam Systems kompaniyasi tomonidan Xorazm yoshlari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi
    26.02.2022

    Urganch shahridagi IT Park filialida Epam Systems halqaro IT kompaniyasi vakillari tomonidan yoshlar uchun “Qanday qilib yuqori haq to‘lanadigan kasbni egallash kerak” yoki “IT ga qanday kirish kerak” mavzularida seminar o‘tkazildi.

    Seminarda umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari, Urganch axborot texnologiyalari texnikumi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari ishtirok etdilar.

    Seminar davomida Epam Systems kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbariyati chiqish qilib, IT sohasida, shuningdek, nufuzli IT kompaniyalarda faoliyat yuritish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga Epam Systems kompaniyasida xodimlarni ishga qabul qilish tartiblari tushuntirildi hamda bu bo‘yicha yoshlarga zarur ma’lumotlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati