Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi ish boshladi
    26.02.2022

    Navoiy davlat pedagogika institutida IT Park hamkorligida “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasining, Navoiy davlat pedagogika instituti rahbarlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

    Tadbir doirasida mazkur institutda tahsil olayotgan yosh dasturchilar va ilmiy izlanuvchi talabalar tomonidan yaratilgan ilmiy va startap loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Manba: Axborot xizmati