Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyati Raqamli texnologiyalar markazida mGovAward tanlovi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
    26.02.2022

    O‘quv seminarda yoshlar xususan, OTM talabalari va maktab o’quvchilar qatnashishdi va o’zlarining savollariga tanlov tashkilotchilaridan javob olishdi.

     Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park va Raqamli texnologiyalar markazi vakillari ishtirok etdilar.

    Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun eng yaxshi va samarali mobil ilovasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan «mGovAward» respublika ko‘rik-tanlovi IT Park tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Birlashgan Arab Amirliklari Davlat ishlari vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.  

    Tanvlovning maqsadi nafaqat dolzarb va amaliy jihatdan samarali mobil ilovalarni ishlab chiqish, shu bilan birga yoshlarni davlat qurilish jarayonlariga va ijtimoiy hayotga keng jalb qilish. Tanlovning muhim shartlaridan biri — unda faqatgina jamoa ishtirok etishi mumkin.

    Mazkur tanlov qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yichi o‘tkaziladi: ta’lim, sog‘likni saqlash, turizm va madaniyat, tadbirkorlik, transport va logistika. G‘oliblarga birinchi o‘rin uchun 50 ming dollar, ikkinchi o‘rin uchun 30 ming dollar, uchinchi o‘rin uchun esa 20 ming dollar miqdoridagi mukofotlar topshishiriladi.

    Manba: Axborot xizmati