Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yoshlarni AKT sohasiga kengroq jalb qilishda va malakali IT mutaxassislarni tayyorlashdaIT Park rezidentlari bo'lgan o‘quv markazlari bilan samarali hamkorlik olib borish zarur
    24.02.2022

    Bugun, 24-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida Nukus shahridagi IT Park rezidentlari  “Texnopos IT mektebi” va “Data Life” IT o‘quv markazlari faoliyati bilan tanishdi.

    “Texnopos IT mektebi” o‘quv markazi 2020-yil noyabr oyida faoliyatini boshlagan bo‘lib, unda veb dasturlash, Android dasturlash, mobil o‘yinlarni yaratish, 3D-animatsiya, grafik dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi. Hozirgi kunda mazkur o‘quv markazda 150 nafardan ziyod yoshlar ta’lim olmoqda. Bitiruvchilarning soni esa 360 nafarni tashkil qiladi.

    “Texnopos IT mektebi” o‘quv markazi tomonidan madaniyat, tibbiyot, turizm sohalarida 20 dan ortiq IT loyihalar amalga oshirildi. Hozirgi kunda o‘quv markaz rahbariyati o‘z oldiga IT akademiya tashkil qilishni maqsad qilib qo‘ygan.

    AKT vaziri Sh. Shermatov “Data Life” o‘quv markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

    Mazkur o‘quv markazida kompyuter savodxonligi, Frontend dasturlash, PHP dasturlash, Java dasturlash, Android dasturlash bo‘yicha kurslar olib boriladi. O‘quv markazi tomonidan 480 nafar yoshlar o‘qitilib, hozirgi kunda 150 nafardan ziyod yoshlar tahsil olmoqda.

    Kelgusida o‘z faoliyatini kengaytirish, xorijiy kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatish va chet el bozorlariga chiqish vazifalari qo‘yilgan.

    Tashrif chog‘ida AKT vaziri Sh. Shermatov yoshlarni AKT sohasiga kengroq jalb qilishda va malakali IT mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv markazlari bilan samarali hamkorlik olib borish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

    Manba: Axborot xizmati