Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Amudaryo tumanida sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
    24.02.2022

    Bugun, 24-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida Amudaryo tumaniga bordi.

    AKT vaziri Sh. Shermatov Amudaryo tumanida joylashgan pochta va telekommunikatsiya obyektlari hamda IT markaz faoliyati bilan tanishdi.

    Ushbu tumanda joylashgan pochta aloqasi bog‘lamasi aholiga pochta xizmatlarini ko‘rsatmoqda. “Bog‘lama-mijoz” sxemasi asosida pochta jo‘natmalarini olib manzilgacha yetkazib berish amaliyotini joriy etish maqsadida elektroskuterlar bilan ta’minlandi. Hozirgi vaqtda pochta aloqasi bog‘lamasining binosi kapital ta’mirlanmoqda.

    AKT vaziri bu yerda qurilishlarning holati bilan tanishib, olib borilayotgan ishlarni tezlashtirish va sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.

    Pochta mijozlariga elektron davlat xizmatlarini, bank xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Shundan so‘ng AKT vaziri Sh. Shermatov Amudaryo tumanida joylashgan “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali binosiga bordi. Aholiga ko‘rsatayotgan telekommunikatsiya xizmatlarini sifatli ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, AKT vaziri Amudaryo tumanida joylashgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga borib, o‘quv jarayoni bilan ham tanishdi.

    Manba: Axborot xizmati