Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mamlakatni raqamlashtirishga o‘z hissangizni qo‘shing!
    23.02.2022

    Siz mamlakat kelajagiga, uning har tomonlama rivojlanishiga befarq emassiz! Shuningdek, Siz o‘zingizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot va moliya sohasida yetakchi mutaxassis deb hisoblaysizmi?

    Bugungi kunning talabgir yo‘nalishi IT sohasiga oid eng so‘nggi yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lishni istaysizmi?

    Bu jarayonda bevosita ishtirok etishga nima deysiz?

    Yoki daromadli ish o‘rnini orzu qilyapsizmi?

    Demak, bizning tanlov aynan Siz uchun!

    Respublikamizda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi:

     – Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi Raqamli industriyani rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i;

    – Tashkiliy nazorat boshqarmasi Nazorat va ijro intizomi bo‘limi bosh mutaxassisi;

    – Investitsiyalar, moliya va komplaens nazorati boshqarmasi bosh mutaxassisi.

    Siz ham ochiq tanlovda ishtirok eting va O‘zbekistonni raqamlashtirish jarayonida bevosita qatnashib, o‘z hissangizni qo‘shing!

    Batafsil ma’lumotlarni Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali vacancy.argos.uzdan olishingiz mumkin!

    Manba: Axborot xizmati