Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va AKT sohasiga ko‘proq yoshlarni ham jalb qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi
    22.02.2022

    Bugun, 22-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif doirasida Qorao‘zak tumanida yangi pochta aloqa bo‘limi ochilish marosimida ishtirok etdi va telekommunikatsiya bog‘lamalari faoliyati bilan tanishdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-son qarori bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” AJ Qoraqalpoq filialining Qorao‘zak tumanida joylashgan pochta aloqasi bo‘limi binosi mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Endilikda Qorao‘zak tumanidagi pochta aloqasi bo‘limi jamoasi zamonaviy qulayliklar yaratilgan binoda faoliyatini davom ettiradi.

    Tuman aholisi va bog‘lama xodimlariga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilgan ushbu bunyodkorlik natijasida bino xonalari ko‘rkam qiyofa kasb etib, yangi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi.

    Viloyat va tuman markazlariga xizmat ko‘rsatuvchi pochtalonlarni markazdagi saralash bo‘limidan “bog‘lama-mijoz” sxemasi asosida pochta jo‘natmalarini olib manzilgacha yetkazib berish amaliyotini joriy etish doirasida elektroskuterlar bilan ta’minlandi.

    Ayni kunlarda tuman aholisi va tumanimiz mehmonlari uchun ushbu pochta bo‘limi tomonidan xat-xabarlar tarqatish, pul o‘tkazmalari, posilkalar, davriy nashrlarga obuna qilish va tarqatish, barcha turdagi kommunal to‘lovlarni qabul qilish, shuningdek, davlat, bank, va kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.

    Shuningdek, tashrif doirasida AKT vaziri Sh. Shermatov Qorao‘zak tumanida joylashgan “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya aloqasi bo‘limi va uning qoshida tashkil etilgan IT markazi bilan tanishdi.

    Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va AKT sohasiga ko‘proq yoshlarni jalb qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Manba: Axborot xizmati